MakSim

Marina Sergeyevna Maksimova[1] (ruscha: Марина Сергеевна Максимова; 1983-yil 10-iyunda tugʻilgan) oʻzining sahna nomi bilan mashhur MakSim (ruscha: MakSim; avvalroq — Maxi-M) — rossiyalik qoʻshiqchi, qoʻshiq muallifi va musiqa prodyuseri.

MakSim

MakSim 2008-yilda
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Marina Sergeyevna Abrosimova
10-iyun 1983[2]
Fuqaroligi Rossiya
Kasbi Qoʻshiqchi, qoʻshiq muallifi va musiqa prodyuseri
Janr Pop rok, elektropop, yumshoq rok, blyuz, folk pop
Faoliyat yillari 2005-yildan hozirgacha
Veb-sayt music-maksim.ru (ruscha)

MakSim rusiyzabon dunyoda 2000-yillarning oʻrtalarida oʻzining „Trudnyi vozrast“ debyut albomini 2006-yilda chiqarganidan soʻng shuhrat qozongan. Keyinchalik u bir qator muvaffaqiyatli singllarni chiqarishni davom ettirdi, jumladan, „Moy ray“, „Znayesh li ty“ va „Vetrom statʼ“, ularning barchasi TopHit radio chartlarida birinchi oʻrinni egalladi[3]. 2007 va 2010-yillar orasida u oʻz karerasining eng yuqori choʻqqisiga chiqdi[4]. 2007 va 2008-yillarda MakSim MTV Russia Music Awards da „Eng yaxshi rossiyalik qoʻshiqchi“ mukofotini qoʻlga kiritdi va 2008 va 2009-yillarda Muz-TV musiqa mukofotlarida xuddi shu mukofotni qoʻlga kiritdi, shuningdek, „Moy ray“ uchun 2008-yilda „Eng yaxshi albom“ mukofotiga sazovor boʻlgan.

  1. „Instagram post MakSim on 13 June 2021“. Instagram. Qaraldi: 2021-yil 30-iyun.
  2. (unspecified title)
  3. „МакSим“. Tophit.ru. TopHit. Qaraldi: 2021-yil 30-iyun.
  4. „Максим“. 24Smi.org. 24Smi. Qaraldi: 2021-yil 30-iyun.

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search